Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida "O'zmaxsusmontajqurilish" aksiyadorlik kompaniyaning ishtiroki bo'yicha ma'lumot (.pdf 1.1 MB)
|
| ||||||||||
|
|
| |||||||||
| Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida "O'zmaxsusmontajqurilish" aksiyadorlik kompaniyaning ishtiroki
| ||||||||||
|
Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili doirasidagi tadbirlar
|
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan barcha sohadagi islohotlar mazmun-mohiyati bilan insonni ulugʻlashga, shaʼni, qadr-qimmatini oshirish va manfaatlarini himoya qilishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Mazkur mezon, inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, manfaatlarini himoya qilish tamoyiliga tayanib, bugun ushbu ezgu va oliyjanob maqsadlar asosida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy 2017-yilga “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deya nom berilishi yurtimizda inson manfaati har narsadan ulugʻ, degan ezgu gʻoyani izchil davom ettirilishini tasdiqlab turibdi.
Bu borada Prezidentimizning “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni inson, uning hayoti, shaʼni, qadr-qimmati, shuningdek boshqa huquq va erkinliklari muqaddas sanalishi kabi ezgu gʻoyaning mantiqiy davomi boʻldi, desak yanglishmaymiz.
Ushbu Farmonga koʻra, endilikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi joriy etildi. Xalq qabulxonalari respublikamizning har bir tuman va shaharlarida tuzilmoqda.
Mazkur huquqiy hujjat ijrosini amalda taʼminlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini roʻyobga chiqarish, odamlarning ijtimoiy kayfiyatini baholash imkonini beradi. Shuningdek, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini toʻlaqonli himoya qilishga qaratilgan, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va samarali tizimi faoliyatini taʼminlash Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Xalq bilan muloqotning ushbu oʻziga xos yoʻnalishlari inson manfaatlarining yuksalishiga, davlat organlarining fuqarolar bilan oʻzaro munosabatlarining tubdan takomillashishiga, bir soʻz bilan aytganda, aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularni oʻylantirayotgan muammolarni hal etishning yangi mexanizmlari va samarali usullarini topish uchun imkoniyat yaratadi.
«Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi 2016-yil 17-dekabr, F-4760-son (Lex.uz saytiga havola)