20.01.2017

Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini takomillashtirish – dolzarb vazifa

Palata raisi A.Shayxov va boshqalar mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan dasturlar mamlakatimizda qulay investitsiya muhiti shakllanishi hamda xorijiy investitsiyalar ko‘lami oshishida muhim omil bo‘layotganini qayd etdi.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash, shu orqali jahon standartlariga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarishga erishish, xorijiy sarmoyalarni, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratish har qanday mamlakat uchun eng dolzarb va kechiktirib bo‘lmaydigan masaladir. Bunday vazifalarni amalga oshirishda erkin iqtisodiy zonalar muhim o‘rin tutadi.

1996-yilda O‘zbekiston Respublikasining “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun investitsiyalar jalb qilish va jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirdi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan o‘tgan yillarda Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona hamda “Angren” va “Jizzax” maxsus industrial zonalari tashkil etildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shu yil 12-yanvardagi «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, O‘zbekistonda yana to‘rtta erkin iqtisodiy zona faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilandi. Mazkur EIZlar faoliyati meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, to‘qimachilik, gilam to‘qish, poyabzal va charm-galantereya, ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari va boshqa yo‘nalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan.

Yangi erkin iqtisodiy zonalar hududlarda ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan kompleks va samarali foydalanish, shu asosda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.

Bu yerda faoliyat ko‘rsatadigan tadbirkorlik subyektlariga turli imtiyozlar, qulayliklar yaratiladi. Xususan, EIZ hududlarida alohida soliq, bojxona va valyuta rejimi amal qiladi. Tadbirkorlik subyektlarining muhandislik-telekommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanishida qulayliklar yaratish maqsadida «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha ruxsatnomalar berilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Tadbirda EIZlarni yanada rivojlantirish, ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha fikr almashildi.

O'z axborot agentligi

Возврат к списку


загрузка карты...