Kompaniya xodimlarining AKT bo‘yicha o‘zbek-yapon seminarida ishtiroki bo'yicha 21.11.2014

Kompaniya xodimlarining AKT bo‘yicha o‘zbek-yapon seminarida ishtiroki bo'yicha

Ta’lim sohasida AKT hamda ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishda AKT dan foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha 2 seksiyaga bo‘lingan seminarda davlat idoralari mutaxassislari, Yaponiyaning Tokio hamda Keyo universitetlari, Yaponiyaning AKT Milliy instituti hamda NEC korporatsiyasi vakillari ishtirok etdilar.
Ta’lim sohasida AKT dan foydalanish seksiyasida O‘zbekiston va Yaponiyaning oliy ta’lim muassasalari vakillari AKT sohasi uchun xalqaro talablarga javob beradigan, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda o‘zlari erishgan yutuqlar va tajribalari xususida fikr almashdilar. Xususan, Yaponiyaning AKT sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha yetakchi hisoblangan, yuz yildan ziyod tarixga ega Tokio hamda Keyo universitetlari tajribasi yaqindan o‘rganildi. Shuningdek, Yaponiyaning AKT Milliy institutining ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tajribasi to‘g‘risida ma’lumotlar tinglandi.
Ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishda AKT dan foydalanishga bag‘ishlangan ikkinchi seksiyadan jamiyatda AKT ning joriy etilishi, uning taraqqiyotdagi o‘rni, ijtimoiy, iqtisodiy aloqalarda axborot texnologiyalarining roliga oid taqdimotlar o‘rin oldi. Shuningdek, AKT ning sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalarga joriy qilinishida AKT infratuzilmasining ahamiyati kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
Ishtirokchilar tomonidan mazkur turdagi seminarlarning o‘tkazilishi jamiyatimizni axborotlashtirishda AKT sohasida ilg‘or davlatlar tajribasidan foydalanishga, pirovard natijada yuqori natijalarga erishishga keng yo‘l ochishi ta’kidlandi.

Возврат к списку


загрузка карты...