здание ассоциации
BIRLASHMA HAQIDA

     Uyushmamiz 1970 yili Montaj va maxsus qurilish ishlari Vazirligi sifatida tashkil etilgan edi. Respublika mustaqillikka erishganidan so’ng Vazirlik O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan O’zmontajmaxsusqurilish Uyushmasiga aylantirilib uning tarkibidagi tashkilotlar xususiylashtirildi. O’sha davrda xalqimiz va hukumatimiz oldida Respublikaning iqtisodiy salohiyatini oshirish...

Uyushma haqida



QURILISH OB’EKTLARINI «KALITINI TOPSHIRIB» BITIRISH VA MAXSUS MONTAJ ISHLARI

O’zbekiston montaj va maxsus qurilish ishlari uyushmasi – «O’zmontajmaxsusqurilish»ning Internetdagi saytiga xush kelibsiz.


     Uyushmamiz 1970 yili Montaj va maxsus qurilish ishlari Vazirligi sifatida tashkil etilgan edi. Respublika mustaqillikka erishganidan so’ng Vazirlik O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan O’zmontajmaxsusqurilish Uyushmasiga aylantirilib uning tarkibidagi tashkilotlar xususiylashtirildi. O’sha davrda xalqimiz va hukumatimiz oldida Respublikaning iqtisodiy salohiyatini oshirish, buning uchun yangi zavod, fabrikalar, ta’lim muassasalarini qurish, og’ir va engil sanoat tarmoqlarini isloh qilish, eski texnologiyalarni yangilari bilan almashtirish va kishilarning turmushini yaxshilash vazifasi turar edi. 

     Ahamiyati va miqyosi jihatidan juda katta bo’lgan bu vazifaning bir qismi O’zmontajmaxsusqurilish Uyushmasi tashkilotlari va quruvchi montajchilarining zimmasiga yuklatildi. Shu taxlit quruvchilarimiz yangi davrdagi respublika kelajagini barpo etishga kirishishdi. O’tgan davr mobaynida quruvchilarimiz Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho’rton gaz kimyo majmui, UzDEU avto zavodi, Toshkent, Buxoro va Farg’ona shaharlarida qator to’qimachilik korxonalari kabi o’nlab qurilishlarni amalga oshirdilar. 

     Hozirga kelib Uyushmamiz butun respublika bo’ylab o’ttizdan ortiq turli mulk shaklidagi qurilish va qurilish montaj tashkilotini birlashtirib turibdi. Bu tashkilotlarimiz santexnika, ventilyatsiya, issiqlik va kimyoviy muhofaza, gidroizolyatsiya, elektr va maxsus montaj ishlari, po’lat va engil metall qurilmalarni tayyorlash, tiklash, texnologik qurilmalarni montaj qilish kabi o’nlab ishlarni bajarishadi va qurilish ob’ektlarini siz istagan muddatda «kaliti bilan» topshirish salohiyatiga ega. 

     Uyushmamiz va uning tarkibidagi tashkilotlar haqidagi batafsil ma’lumotni saytimizning boshqa sahifalaridan olishingiz mumkin.

Uyushma Raisi
Shodiev Azam Xoshimovich