Xonadon va binolarni istish, issiq, sovuq suv, gaz bilan ta’minlash, kanalizatsiya jihozlari
Santexnika Jihozlari zavodi
998 712/966 069
Zavod bino va imoratlarni gaz, issiq va sovuq suv bilan ta’minlash hamda markazdan isitish maqsadida ishlatiladigan quvurlarni montaj ishlari uchun tayyorlab beradi. Shuningdek, ko’p qavatli uylarga keladigan issiq suvni qabul qilib taqsimlab beradigan jihozlar, xonalarni isitishda ishlatiladigan konvektorlarni, kanalizatsiya yo’llarini tayyorlaydi.


Vannalar, dushxona tagligi va boshqa santexnika jihozlari
Puls Bax qo’shma korxonasi
998 71/191-8699
AQSh tadbirkorlari bilan hamkorlikda tuzilgan ushbu korxona sintetik ashyolardan vannalar, dushxona tagligi hamda qo’l yuvgichlar ishlab chiqarishga ixtisoslashshgan.


Po’lat quvurlar ishlab chiqarish
Toshkent Quvur zavodi
998 71/412 183
Toshkent quvur zavodi ?20 dan ?102gacha bo’lgan o’lchamdagi payvandlangan po’lat quvurlar ishlab chiqaradi.


Po’lat qurilmalarni montaj qilish ishlari
Pulatqurilma
998 712/541 409
Po’latqurilma o’zining asosiy faoliyati – temir qurilmalarni montaj qilishdan tashqari hajmi 500m3 dan 5000m3 gacha bo’lgan va turli maqsadlarda ishlatiladigan po’lat idishlarni tayyorlaydi


Po’lat qurilmalar tayyorlash
To’ytepa Metall Qurilmalari zavodi
Binolar, inshoatlar, avtomobil va temir yo’l ko’priklarining asosi uchun po’lat qurilmalar tayyorlaydi. Korxona po’lat qurilmalar tayyorlash bo’yicha katta tajriba hamda malakali mutaxassislarga egadir.


Koshin mahsuloti
«Agrokeramika»
998 712/ 588 309
Ushbu O’zbek-Italiya qo’shma korxonasi devor va pollarni pardozlash uchun 150x150, 200x200 va 300x300 o’lchamdagi ganchkor koshinlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Mahsulot Italiya sanoatchilari tayyorlagan uskunalarda, Yevropa standartlariga to’la mos keladigan sifat bilan ishlab chiqariladi. Koshinlar rangi turli-tuman. Biroq, buyurtmachining xoxishiga qarab koshinlar rangini istagan tarzda o’zgartirish mumkin.


Istish Kozonlari
UABC qo’shma korxonasi
998 712/ 541 738
Ushbu O’zbek – Amerika qo’shma korxonasi suv va bug’ bilan isitish qozonlari va yondiruvchi moslamalar ishlab chiqaradi hamda mahsulotni to’laligicha yetkazib beradi.


Issiqlikni saqlash va kimyoviy muhofaza ishlari
Issiqlikmontaj
998 71/1 391 812
Issiqlikmontaj MChJ suyuq shisha, andezit kukuni, ishlab chiqaradi va issiqlikni muhofaza qilish uchun tikilgan matlar tayyorlaydi


Engil metal qurilmalari
Korxona uch qavatli devor panellari, ruhlangan tunukali to’shama va engil metall qurilmalar ishlab chiqaradi. Zavod tayyorlagan mahsulotdan foydalanib tez va engil bir usulda turli maqsadlar uchun ishlatiladigan binolar va hatto kichik bir shaharcha qurish mumkin. Bu borada korxonaning mudofaa vazirligi bilan hamkorligini aytib o’tish lozim bo’ladi: zavod vazirlik ehtiyoji uchun harbiy shaharcha tayyorlab berib qurilish xarajatlarini anchagina kamaytirish imkonini berdi. Korxonada ishlab chiqarilgan engil metall qurilmalar inshoatga did beradi, uni mustahkam qilish bishlan bir qatorda qurilish narxini arzonlashtiradi.


Elektr va metall buyumlar ishlab chiqarish
«Temir Injiniring»
998 71/ 191 7707; 191 3533
e-mail: temir engineering@mail.ru
«Temir Injiniring» O’zbek-Amerika qo’shma korxonasi zamonaviy Yevropa standarti bilan turli o’lchamdagi elektr jihozlari va metall buyumlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxona shuningdek istalgan buyurtma bo’yicha turli metall buyumlar tayyorlab berishi mumkin.






 

загрузка карты...