Table database


SANOAT

“Oʻzmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi sanoat sohasida respublikada salmoqli oʻrinlardan biriga ega boʻlib, mamlakatimizdagi turli sohalarning qurilish obyektlariga va asosan montaj va maxsus qurilish ishlariga zarur boʻlgan import oʻrnini bosuvchi qurilish materiallari va jihozlarini ishlab chiqaruvchi jami 17 ta sanoat korxonalarini oʻzida jipslashtirgan.

1992 - yildan buyon  “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi va uning huquqiy vorisi sifatida faoliyat yuritayotgan “Oʻzmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatimiz yordamlari bilan montaj va maxsus qurilish tashkilotlarini import oʻrnini bosuvchi mahalliy qurilish mahsulotlari va ashyolari bilan taʼminlash ishlari rivojlantirilib kelinmoqda.

Bugungi kunda Kompaniya tarkibidagi sanoat korxonalari tomonidan import oʻrnini bosuvchi 500 dan ortiq turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

Shu jumladan:

- magistral neft-gaz-suv tarmoqlari uchun diametri 426 mm. dan 1620 mm. gacha boʻlgan yuqori bosimli metall quvurlar;

- toʻgʻri va spiral chokli diametri 114 mm. dan 377 mm. gacha boʻlgan metall quvurlar;

- diametri 15 mm. dan 102 mm. gacha boʻlgan toʻgʻri chokli metall quvurlar;

- 20x20 mm. dan 200x150 mm. gacha boʻlgan kvadrat va toʻrt burchakli metall quvurlar;

- qalinligi 1,8 – 12,7 mm. oʻrama metall listlar;

- diametri 12 mm. dan 36 mm. gacha boʻlgan A-500 markali armaturalar;

- diametri 0,8 mm. dan 8 mm. gacha boʻlgan metall simlar;

- choʻyan radiatorlar;

- bolt, shayba, shurup va gaykalar;

-metall konstruksiyalar;

- shifer tom qoplamalari;

- 100 m3 dan 20000 m3 gacha boʻlgan neft-gaz metall rezervuarlar;

- 15 m3 dan 50 m3 gacha boʻlgan oʻrta bosimli suv minoralari;

- gaz va qattiq yoqilgʻilarga moslashtirilgan xoʻjalik isitish qozonlari;

- sanoat bugʻ isitish qozonlari;

- santexnika (umivalnik, unitaz, vanna va boshqa) jihozlari;

- xoʻjalik va sanoat ventilyatorlari;

- elektr nimstansiyalari, elektr tarqatuvchi jihozlar, vakuumli elektr oʻchirgich va boshqalar.

2014-2021-yillarda Kompaniyaning tarkibiy sanoat korxonalari tomonidan jami 11,5 trln. soʻmdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarildi.

2014-yilda jami 624 mlrd.soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqilgan boʻlsa, oʻtgan 2021-yilda bu koʻrsatkich 2014-yilga nisbatan 5,7-martaga oshdi

va 3 trln. 600 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Shu jumladan, 2021-yilda 160 ming tonna metall quvurlar, 219,5 ming tonna armatura va sim mahsulotlari, 8 ming tonnadan ortiq metall konstruksiyalar,

20 ming m3 temir-beton buyumlari, 200 ming shartli donadan ortiq santexnika jihozlari, 48 mlrd. soʻmlik elektr jihozlari va boshqalar ishlab chiqarildi.

Kompaniya boʻyicha zamonaviy va talabgor investitsiya loyihalarini koʻpaytirish, yangi texnologiyalarni qoʻllash, import hajmini kamaytirish va yoqilgʻi-energiya resurslarini tejash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar oʻz natijasini bermoqda.

Xususan, joriy yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil

9-yanvardagi PQ- 4563 - sonli qarori asosida 2021-yil dekabr oyida qiymati

84,6 mln. AQSH dollari va yillik  quvvati  500 ming  tonna  boʻlgan “Yupqa oʻrama metall list ishlab chiqarish” yangi yirik investitsiya loyihasi ishga tushirildi.

Import xom-ashyo va uskunalar xarid qilish 2021-yil yakuniga

253,2 mln. dollarni tashkil etdi. Yaʼni, import hajmi rejadagi 257 mln. dollar oʻrniga  253,2 mln. dollarga, yaʼni 3,8 mln. dollarga pasaytirildi.

 2021-yil yakuniga 6,0  mln. dollar investitsiyalar oʻzlashtirildi.

 Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish xarajatlari kamaytirilib, ularning tannarxi oʻrtacha 4,0 foizga, yaʼni 113,6 mlrd. soʻmga pasaytirildi.

132  ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Shuningdek, 2021-yilda “Oʻzmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasida innovatsion faoliyatni rivojlantirish sohasida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

- “Oʻzmaxsusmontajqurilish” AKda ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan 2021-2023-yillarga moʻljallangan “Maqsadli dastur” ishlab chiqildi.

 

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi “Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5047-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori asosida Kompaniya boshqaruvining 2021-yil 2-iyuldagi 66-sonli buyruq bilan innovatsion faoliyat bilan shugʻullanuvchi masʼul boʻlim tashkil etildi.

- Fargʻona politexnika instituti ilmiy xodimlari bilan ilmiy – eksperimental izlanishlar olib borilishi natijasida ilmiy xodimlar Matkarimov B.B. va Gʻofurov A.M. tomonidan Kompaniya tarkibidagi “Venkon air enlineering” korxonasida tajriba-sinov ishlari amalga oshirilib, metall buyumlarni mexanik ishlov berish uskunalari texnologiyalariga oʻzgartirishlar kiritildi.

 Natijada, ishlab chiqarish quvvatini 5-7 foizga oshirilishiga hamda yangi uskunalar sotib olish xarajatlarini 80 foizgacha qisqartirishga imkoniyat yaratildi.

 Shuningdek, “Oʻzmaxsusmontajqurilish” AK tarkibidagi sanoat korxonalarida malakali ishlab chiqarish xodimlarining innovatsion takliflari asosida texnologik uskunalarning ish rejimiga iqtisodiy oʻzgartirishlar kiritish, mashina va transport vositalariga nazorat uskunalari oʻrnatish, ularda suyuq yoqilgʻi oʻrniga tabiiy gaz yoqilgʻisini qoʻllash, energiyatejamkor asbob-uskunalar qoʻllash va energiyatejamkor elektr yoritkichlar qoʻllash  hisobiga yuqorida qayd etilgan ish hajmlari bajarilishiga va iqtisodiy tejamkorlikka erishildi.

Kompaniyada fuqarolar va tadbirkorlar murojaatlari bilan ishlash borasida zaruriy choralar koʻrilib, Oʻzbekiston Respublikasi  Vazirlar Maxkamasi Rayosati majlisining 2021-yil 1-noyabrdagi 157-son bayoni,  Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 19.07.2021-yildagi №18/1-1855 sonli  hamda  09.08.2021-yildagi

18/2-344-son  topshiriq xatlarida koʻrsatilgan topshiriqlar oʻz vaqtida bajarildi.

Kompaniyaga  2021-yili davomida “pm.gov.uz.” orqali  kelib tushgan jami

40 ta murojaatlar oʻz vaqtida  koʻrib chiqilib, mualliflarga va virtual qabulxonalarga javob yuborildi va olib borilgan ishlar yuzasidan tegishli tartibda Vazirlar Maxkamasiga maʼlumotlar taqdim etildi.


загрузка карты...