14.03.2019

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi Oʻzbekiston iqtisodiyotini ijobiy baholadi

Lotin - Кирил, [02.08.21 00:55]
Toshkentda 5-mart kuni ushbu oʻrganishlar yakuniga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi hamkorligida tashkil etildi. Unda Xalqaro valyuta jamgʻarmasi bosh moliyachisi Albert Yeger mamlakatimiz iqtisodiy sektori faoliyati tahliliga bagʻishlangan xulosalarini bildirdi.

Tahlillarga koʻra, mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning oʻsishi 2018-yilda 5 foizni tashkil qilgan. Bu koʻrsatkich joriy yilda 5,5 foiz, 2020-yilda esa 6 foizga yetishi kutilmoqda. Shuningdek, bu yil investitsiya va soliq islohotlari natijasida yangi ish oʻrinlari sonining ortishi kuzatiladi.

Matbuot anjumanida mamlakatimizda inflyatsiya darajasining joriy holati iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonidagi hodisa ekani taʼkidlandi. Oʻzbekistonda mahsulot tannarxini pasaytirish, maoshlar differensial shkalasidagi defitsitni qoplashda koʻrilayotgan chora-tadbirlar 2019-yilda inflyatsiya darajasini 15 foizda ushlab turish imkonini beradi.

Shu bilan birga, mamlakatimiz iqtisodiyotida kutilayotgan ehtimoliy xatarlar mavjud. Birgina misol. Oʻzbekistonda 2018-yilda kreditlash jarayoni 50 foizga oʻsgan.

– Bunday koʻrsatkich iqtisodiyot uchun yaxshi natijalarga olib kelmasligi mumkin, – dedi A.Yeger. – Oʻzbekiston islohotlar davrini boshdan kechirmoqda. Shu bois bu tabiiy jarayon hisoblansa-da, kreditlashdagi meʼyorni saqlab turish lozim.

Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan pul-kredit siyosati, jumladan, qayta moliyalashtirish stavkasining 16 foizgacha oshirilishi inflyatsiya xatarining oldini olishda kutilgan natijalarni berishi taʼkidlandi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmurodov 2019-yilda mamlakatimizda bank-moliya, pul-kredit siyosatida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar boʻyicha maʼlumot berdi.

M.Nurmurodovning taʼkidlashicha, Oʻzbekiston bilan Xalqaro valyuta jamgʻarmasi oʻrtasida 2019-yilda monetar siyosatda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokama qilingan. Xalqaro institut ekspertlarining taklif va tavsiyalari eʼtiborga olingan.

Markaziy bank valyuta bozoridagi amaliyotlarni erkinlashtirish, mijozlar bilan ishlashdagi tizimni yanada soddalashtirish boʻyicha zarur choralar koʻradi. Pul-kredit siyosatini takomillashtirish, ichki bozordagi narxlarni barqarorlashtirish maqsadida oʻrta muddatli istiqbolda inflyatsiyani targetlash mexanizmi joriy etiladi.

Bugungi kunda moliya sektorini isloh qilishning oʻrta muddatli konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda. Moliyaviy barqarorlikni taʼminlash, bank-moliya sektoriga xorijiy va xususiy kapital kirib kelishiga sharoit yaratish, iqtisodiyotda pul-kredit siyosati taʼsirini kuchaytirish ushbu yoʻnalishdagi islohotlar asosini tashkil etadi.

Ayni paytda bank sohasidagi davlat ulushi 84 foizga teng. Sohada xususiy kapital ishtirokini bosqichma-bosqich oshirish rejalashtirilgan.

OʻzA

Возврат к списку


загрузка карты...