KOMPANIYANING FAOLIYAT SOHASI (ASOSIY YOʻNALISHLARI) VA MAQSADLARI

“O’zmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 27-fevraldagi PF-2136-son “Maxsus montaj qurilish ishlarini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 15-maydagi 06-k-PO-sonli buyrugʻiga muvofiq “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasini qayta tashkil qilish tartibida tashkil etildi.

“Oʻzbekiston montaj va maxsus qurilish ishlari” ("Oʻzmontajmaxsusqurilish") uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi tomonidan 1994-yil 17-mayda 2689-son reyestr raqami bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. “O’zmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.

Kompaniyani tashkil etishdan asosiy maqsad Kompaniyaning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatidan aksiyadorlar manfaatlari uchun foyda olishdir.

Quyidagilar Kompaniya faoliyatining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:

- Kompaniya tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarning respublika hududlarida iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash boʻyicha tasdiqlangan dasturlar, shuningdek ijtimoiy sohani rivojlantirish boʻyicha maqsadli davlat dasturlari doirasida maxsus va montaj qurilish ishlarining toʻliq majmuini bajarishni taʼminlash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshirish;

- maxsus va montaj qurilish ishlari bozorida marketing tadqiqotlarini oʻtkazish, kompaniya tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarga umumqurilish pudrat tashkilotlari bilan buyurtmalarni shakllantirishda shartnomaviy-huquqiy munosabatlarni tashkil qilish va takomillashtirish;

- zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni keng qoʻllash asosida innovatsiya texnologiyalari va ilgʻor montaj tizimlarini joriy etish, shuningdek ularni sanoatlashtirish, maxsus qurilish-montaj ishlarini tashkil qilishni takomillashtirish;

- Kompaniya tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarga bajarilayotgan ishlarning sifatini oshirishda, litsenziya talablariga va qurilish meʼyori va qoidalariga amal qilishda koʻmaklashish;

- Kompaniya tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarning muhandis-texnik va ishchi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha ishlarni tashkil etish.


«Oʻzmaxsusmontajquriliш» AKning maxsus montaj qurilish ishlari ixtisosligi boʻyicha salohiyati

Kompaniya tarkibidagi qurilish tashkilotlari oʻzining ixtisosliligiga muvofiq quyidagi ishlarni amalga oshiradilar:

1.Temir va temirbeton konstruksiyalar montaji, umumqurilish ishlari.

2.Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologik tizimlar montaji, sanoat inshootlaridagi jihoz va maxsus texnologik tizimlarni ishga tushirish va sozlash.

3.0,4 dan 10 kVt gacha boʻlgan elektrotexnika jihozlarig montaji, ishga tushirish va sozlash ishlari.

4.Sovutish va havoni tozalash tizimlarini oʻrnatish.

5.Magistral gaz, suv va issiqlik quvurlarini oʻrnatish.

6.KiP avtomatika, yongʻinni oʻchirish, aloqa va telekommunikatsiya tizimlarini oʻrnatish.

7.Burgʻulash va portlatish ishlari.

8.Kimyoviy himoya, issiqlik izolyatsiyasi, obmurovka va futerovka vositalarini oʻrnatish.

9.Estakadalar va tunnel inshootlarini montaji, yer osti ishlari (proxodka)..

10.Oʻrta va yuqori bosimli quvurli tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish.

11.Isitish va suv taʼminoti tuzilmalarini montaj qilish ishlari.


KOMPANIYANING BIZNES-REJALARI


“O’zmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasining 2016-yilgi Biznes-rejasi
microsoft-word-2013-23-535x535.png
2.08 MB
“O’zmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasining 2017-yilgi Biznes-rejasi
microsoft-word-2013-23-535x535.png
1.8 МБ

“O’zmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasining 2018-yilgi Biznes-rejasiи

Tegishlik Bayonnoma
PDF-Small.jpg
2.8 МБ









KOMPANIYANING RIVOJLANISH STRATEGIYASI


“O’zmaxsusmontajqurilish” AK 2017-2021-yillarda rivojlanish strategiyasi
PDF-Small.jpg
3.05 МБ
“O’zmaxsusmontajqurilish” AK faoliyatini boʻyicha rivojlanish chora-tadbirlar rejasi
PDF-Small.jpg
185 КБ









загрузка карты...